Qarzni yozing. Bir zumda toping. Tortishmang.

Qarz Daftar do‘koningizdagi hamma qarzni bitta joyda saqlaydi: har bir sotuvchining telefonida, internet bo‘lmasa ham.

Raqam qoldiring, o‘zimiz bog‘lanib do‘koningizni ulaymiz.

To‘rtta daftar o‘rniga bitta telefon.

  1. Daftar to‘rt-beshta bo‘lib ketadi.

    Hamma qarz bitta joyda, telefoningizda.

  2. Mijoz kelsa, qaysi daftarda ekanini qidirasiz.

    Ismining bir qismini yozasiz, darhol topiladi.

  3. Qarz ikki joyga yoziladi, mijoz tan olmaydi.

    Kim va qachon yozgani har yozuvda turadi.

  4. Bir odam ikki marta yozilib qoladi.

    Takror mijozlarni bittaga birlashtirasiz.

  5. Daftarni hamma ham yurita olmaydi.

    Uch bosishda yoziladi, o‘rganish shart emas.

Daftaringizda qancha pul turibdi?

Mijozlar soni va o‘rtacha qarzni suring. Bu pul hozir qog‘oz daftarga ishonib topshirilgan.

12 000 000 so‘m

Shuncha pul bitta qog‘oz daftarda turibdi.

Qarz uch bosishda yoziladi.

  1. Mijozlar ro‘yxati va qidiruv maydoni

    Mijozni toping

    Ism yoki raqamning bir qismini yozing, ro‘yxat darhol qisqaradi.

  2. Qarz summasini terish oynasi

    Summani tering

    Qarz yoki To‘lovni tanlang, summani yozing va saqlang.

  3. Saqlandi xabari va Ulashish tugmasi

    Chekni yuboring

    Saqlangach, chekni Telegram yoki SMS bilan mijozga ulashing.

Android ilovasi, namuna ma’lumotlar.

Qarz Daftar qisqacha

Nima
Do‘kon uchun umumiy qarz daftari ilovasi
Kimlar uchun
O‘zbekistondagi do‘konlar va bozor savdogarlari
Qurilmalar
iPhone va Android, kompyuter tez orada
Internetsiz
Ishlaydi, keyin o‘zi sinxronlanadi
Saqlash
Telefon, server va zaxira nusxa
Tillar
O‘zbek (lotin, kirill), rus, ingliz

Internet yo‘q joyda ham ishlaydi.

Yozuv telefonda kutadi, internet kelganda o‘zi ketadi. Har bir yozuv uch joyda saqlanadi.

Internetni o‘chiring va qarz yozib ko‘ring.

Egasi hamma narsani ko‘radi.

Tugmalarni bosib ko‘ring: bu kartalar ilova kabi ishlaydi.

Kim kimga qarz berdi

  • Azizbek−120 000
  • Malika−80 000
  • Jasur−45 000

Bugun berilgan qarz, namuna.

Qarzni to‘xtatish

Jasur Xolmatov −420 000

Minus yoki plyus

  • Dilshod Karimov−250 000
  • Madina Tursunova−80 000
  • Sardor Alimov

Har do‘kon o‘ziga qulayini tanlaydi.

Ko‘p beriladigan savollar

Internet o‘chsa ham qarz yozsa bo‘ladimi?

Ha. Yozuv telefonda saqlanadi va internet kelganda boshqa telefonlarga o‘zi yuboriladi.

Telefon yo‘qolsa, qarzlar ham yo‘qoladimi?

Yo‘q. Har bir yozuv serverda ham turadi va server zaxira nusxa oladi. Yangi telefonda kirsangiz, hisob qaytadi.

Bir do‘konda bir nechta sotuvchi ishlaydimi?

Ha. Egasi, adminlar va sotuvchilar har biri o‘z telefonidan bitta do‘kon hisobiga kiradi va bir xil balansni ko‘radi.

Qarzini bermaydigan mijozni qanday bloklayman?

Mijozni bloklang. Shundan keyin hech bir sotuvchi unga yangi qarz yoza olmaydi.

Qarz Daftar kompyuterda ishlaydimi?

Hozir iPhone va Android’da. Kompyuter versiyasi tayyorlanmoqda.

Qarz Daftar’dan foydalanishni qanday boshlayman?

Ariza qoldiring: jamoamiz bog‘lanib, login va vaqtinchalik parol beradi. Birinchi kirishda o‘z parolingizni qo‘yasiz.

Do‘koningizni ulaymiz.

  1. Ariza qoldirasiz
  2. Jamoamiz bog‘lanib, hisob ochadi
  3. Login va vaqtinchalik parol bilan kirasiz